Oybek NRG

Есть в сердце Средней Азии чертог.
Кто видел, тот забыть его не смог.
Нет, он не стар — как новолунье юн.
В нем воздух полон вечной думой струн...

Ольга Берггольц, “Ташкентские стихи”

Adabiy an’analardan ilhomlangan biznes toifadagi turar-joy majmuasi.

Bu yerda me’morchilikda, bezakda va rejalashtirishda nutq ritmi, matn ritmi va ilhom ritmi - mujassamlashgan. Bu joy hissiyotlarni, birinchi tanishuv shodligini va xavfsizlik hissini, o‘z uyingizning qulayligi va farovonligini uyg‘otish uchun yaratilgan. Bu yerda mulohazakorlik hissiyot bilan uyg‘unlashadi - qurilish sifati va oliy darajadagi funksionallik - zamonaviy uyning belgisidir.

NRG OYBEK - Toshkentning yangi nafosatidir.

Va bu yerda uzoq muddatga qolgan kishi.
Jannatning kulbalarini abadiy unutadi...

Zayniddin Mahmud Vasifi,
“Toshkentga qasida”

1,8 ga

Qurilish
maydoni

12 va 16

Qavatli
uylar

9

kirish joylari

Poytaxt ilhomi

Toshkentning asosiy magistrali yoqasida, nufuzli va istiqbolli hududda joylashgan ushbu turar-joy majmui, katta shaharning yorqin qudratli tafti o‘ziga chorlaydigan diqqatga sazovor go‘shaga aylanadi.
Tumanning rivojlangan infratuzilmasi eng kam harakatlar bilan hayotning qulay ritmini ta’minlashga imkon beradi.

Yaqin atrofda:

7

ta bolalar
bog‘chasi

6

ta maktab

5

ta tibbiyot
muassasasi



5

OTMsi


Aeroportgacha

8

daqiqa

Temir yo‘l
vokzalidan

3

daqiqa

Ham qalbga nur ham zakovat yog‘dusi...

Toshkentni O‘rta Osiyoning qalbi, NRG OYBEKni esa Toshkentning yangi yuragi deb atashadi.
Sharq nazmi qofiyalar bilan yuksak marralarga talpinish va dunyoviy lazzatlardan nafis zavqlanishni uyg‘unlashtirganligi kabi, me’morchilik ham yuqori darajadagi nafis g‘oyalar va amaliy funksionallikning uyg‘unligini yaratadi, bunda qulaylik va go‘zallik "uy" haqidagi yangi tushunchaning ikkita asosiy jihati bo‘lgan yagona loyiha yaraladi.

  • Tabiiy granit
  • Yevropa dekorativ HPL panellari
  • Energiyani tejaydigan metalloplastik derazalar
  • Vitrajsimon oynalash

Hovli qofiyalari

Shinam hovli - bu Sharqona uyning o‘ziga xos elementidir. Bu yerda muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi va asosiy tadbirlar muhokama qilinadi. Bu yerda suv shildirashi va bog‘lar soyasi ostida she’riyat durdona asarlari va chiroyli tasvirlar yaraladi.
Hovli - bu turar-joy majmuasining o‘chog‘i bo‘lib, u yerda har bir inson yangi yutuqlar uchun ilhom va quvvat manbai topa oladi.

  • Tabiiy ko‘kalamzorlashtirilgan
  • Bolalar maydonchalari
  • Kolyaskali onalar uchun yo‘lakcha
  • Dam olish maskanlari
  • Sport maydonchalari
  • Ko‘cha trenajyorlari

Quruq favvora

Qanchadan-qancha Sharq shoirlari suvlar shildirashi va favvoralarning yoqimli salqinligini kuylashgan! Jazirama havoda hovlining markazida ularning xayollari salqin yoqimli suv sachrashi bilan yangidan mujassamlashadi.

Eksklyuziv
landshaft
pardozi

Xotirjam kechayotgan suhbatlar ostidagi samimiy sayrlar - faqat shunday munozarada haqiqat yaralishi mumkin, - deydi Sharq donishmandlari. Bizning eksklyuziv landshaft pardozimiz sizga xotirjamlik va mulohaza muhitiga tushib, atrofdagi manzaradan zavqlanib, ohista go‘zallik haqidagi fikrlarga sho‘ng‘ishingizga imkon beradi. Ko‘p pog‘onali yoritish esa sizga sayr uchun eng qulay vaqtni tanlashga imkon beradi: quyosh taftida isinmoq yoki oy nurida romantik muhitdan zavqlanmoq - qalbingiz nimani buyursa shuni tanlang.

Avtomobillarsiz hovli

Biznes-klass darajasini yaratishning muhim jihati - bu avtoulovsiz hovlidir. Biz xavfsizlik va osoyishtalikka kafolat beramiz: bunday hovlida toza havoda sayr qilishda sizga hech narsa xalaqit qilmaydi.

Tushak almashtirish xonasi

Hovlida kichkintoylar tushagini almashtirish xonasi mavjudligi tufayli kichkintoylar bilan sayr qilish yanada qulay va davomiyli bo‘ladi. Yevropa standartlariga muvofiq jihozlangan xonada qulay maxsus stol mavjud va sizga barcha tashvishlarni shu yerda qoldirib, chaqaloq bilan bemalol dam olish uchun qadrli damlarni o‘tkazish imkoniyatini beradi.

Ikki yoqlama ochiq kirish joylari

Juda qulay ergonomik tizimga ega bo‘lgan ikki yoqlama ochiq kirish joylari uyga ham hovli tomondan, ham ko‘chadan kirishga imkon beradi, bu esa vaqtingizni tejaydi.

Nulinchi darajaga kirish joyi

Uyga kirish, zinapoyalarni to‘sib qo‘ymaslik va tik ko‘tarilishni istisno qilgan holda rejalashtirilgan - bu nogironlar aravachasi bo‘lgan fuqarolarga va keksa avlodga - istiqbolga yo‘naltirilgan sharqona g‘amxo‘rlikdir.

Hayotingizni yarating

O‘zingizni yaratuvchidek his eting - ideal uyingizni yarating – bu qaytib kelishni istagan joyingizdir, ilhom, shinamlik va qulaylik o‘chog‘idir - hayotda o‘z aksini topgan durdona asar.
NRG OYBEK rejalari zamonaviy inson hayotining boy ritmi uchun yaratilgan va nafaqat uning nafosatini, balki ushbu yangi ritm talab qiladigan uyg‘un funksionalligini ham hisobga oladi. Aynan o‘zingizga mos keladiganini tanlang.

Qanday qiyin bo‘lmasin, kuch yetadi, mening g‘oyam yuksak, hech narsa mening yo‘limni to‘sa olmaydi.

Oybek / Muso Toshmuhamedov

Polda joylashgan liftlarni
chaqirish qo‘ng‘irog‘i tugmasi

Bu kichik bir tafsilot kabi tuyulishi mumkin, ammo kundalik hayotda qulaylikning muhim elementi.

  • qo‘llar band bo‘lganda
  • bolalarga qulay bo‘lishi uchun
  • katta hajmdagi materiallar, mebel, texnikani yuklash uchun

Dam olish
xonasi

Biznes-klass - bu har narsada tafsilotlarga e’tibor berishdir. Sharq doimo o‘zining mehmondo‘stligi bilan mashhur bo‘lib kelgan, shuning uchun bizning turar-joy majmuamizda umumiy xona, sanitariya tarmog‘i va oshxonaga ega maxsus xona mavjud. Bu diqqatga sazovor joy bo‘lib - bu yerga siz mehmonlarni taklif qilishingiz, bayram va har qanday tadbirni tashkil qilishingiz va yoqimli muhitdagi muloqot bilan huzur qilishingiz mumkin.

Kalitsiz kirish

Ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash - kelajakka yangi qadamdir. Aholi turar-joy majmuasi kirish joylariga yashovchilar smartfon yordamida kirishlari mumkin: yaqinlashishingiz bilan eshikning o‘zi ochiladi.

IP-domofon

Xavfsizlik va videokuzatuv - bu biznes-klass turar-joy kompleksining tabiiy alomatlaridir: sizning dam olishingizga va qulay yashashingizga hech narsa xalaqit bermaydi.

Avtoturargohda “aqlli” yoritish

Bizning xizmatlarimiz, avtomobilingiz turgan joyga tomon yorug‘lik yo‘lagini yaratish orqali sizga yorug‘likni ssenariy bo‘yicha boshqarishni sozlashga imkon beradi.

Avtoturargoh

Yer osti to‘xtash joylarida nafaqat avtomobillar, balki velosipedlar va motosikllar uchun ham joylar ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, elektrokarlarning egalari bu yerda o‘zlarining avtomobillarini zaryadlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qayta qo'ng'iroq
buyurtma qilish

Baxt quramiz

Murad Buildings - qurilish sohasida 15 yillik tajribaga ega bo‘lgan yetakchi va tez rivojlanayotgan qurilish kompaniyalaridan biridir. Biz innovatsion dizayni, rejalashtirishga oqilona yondashuv va yuqori sifatli qurilish bilan ajralib turuvchi noyob turar-joy majmualarini yaratamiz.

BI Group - 25 yil ichida 5 million kvadrat metrdan ortiq turar joy, tijorat ko‘chmas mulki, yo‘llar, infratuzilma va ishlab chiqarish ob’ektlari 150 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan Qozog‘istondagi eng yirik qurilish kompaniyasidir.


Soha yetakchi kompaniyalarining o‘zaro hamkorligi barqaror professional aloqalarni shakllantirishga turtki bo‘lib, ikki mamlakatning me’moriy va qurilish sohalarini rivojlantirish uchun harakatlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga imkon beradi.
Murad Buildings i BI Group ko‘p jihatdan juda o‘xshashdir: biz yevropa qadriyatlari va biznesni tashkil etish tamoyillari bilan bo‘lishamiz, biz tez rivojlanayapmiz va qurilish sohasining yetakchisiga aylanmoqdamiz, korporativ madaniyatning yuqori standartlarini yaratmoqdamiz, kuchli jamoaviy ruhni saqlaymiz va ijtimoiy mas’uliyatga alohida e’tibor beramiz.
NRG loyihasi kelajakka qadamdir, ikki kompaniyaning va umuman O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faol rivojlanish ijobiy dinamikasining debochasidir.

Zabardastlar
yaxlitligi

NRG - bu yangi to‘lqin. Kelajakka nazar, peshvoz qadam, innovatsiya maydonidir. Qozog‘iston va O‘zbekistonning qardosh xalqlari do‘stligi, birligi va madaniy yaqinligi ruhi yangi kompaniyada - Qozog‘istonning progressiv qurilishi g‘oyalari va o‘zbek xalqining ko‘p asrlik madaniyati eng yaxshi me’moriy an’analarining boy tajribasini amalga tadbiq etish uchun birlashtirilgan.

Tarix
va innovatsiyalar

Biz Qozog‘istonning taraqqiy topayotgan qurilishi tajribasini va o‘zbek xalqining ko‘p asrlik madaniyatining eng yaxshi me’moriy an’analarini mujassam etganmiz. Bu yerda yaxshi qo‘shnichilik an’analarini hurmat qiladilar va mehmondo‘stlik hamda ochiqlikni olqishlaydilar. Bu yerda boy tarix bilan birga innovatsiyalarga poydevor qo‘yilgan. Bu yerda - muloqot shodligi, shinamlik va qulaylik. Bu yerda siz – o‘z uyingizdasiz.

Qulaylik
va servis

Biz yashash uchun qulay makon yaratamiz, 24/7 g‘amxo‘r xizmat taqdim etamiz va maishiy masalalarda ko‘makni kafolatlaymiz.